Boshlang‘ich dizayn kursi - Ustoz AI

Bepul, sifatli Boshlang‘ich dizayn kursi - Ustoz ai. Ustoz Muhammad Azizxon Tursunov

Yanada ko'proq video kurslar chiqishi uchun Ustoz AI loyihasini qo'llab quvvatlang

Qo'llab quvvatlash
Dars haqida

👨‍🏫 Boshlang‘ich dizayn (Canva) bo‘yicha ustoz Muhammad Azizxon Tursunov:

— Dizayn bo‘yicha 3 yillik tajribaga ega;

— 10 dan ortiq loyihalar bilan ishlagan;

— jumladan: “Registan LC”, “Ustoz AI”, “Joyla App”, “Zaman Building” va shaxsiy brendlar bilan ishlagan;

— 300+ dizaynlar tayyorlagan


🎨 Boshlang‘ich dizayn (Canva) kursi – bu nima?

Bu kurs – dizayn olamiga ilk qadam qo‘yuvchilar uchun mo‘ljallangan amaliy yo‘nalishdagi o‘quv dasturidir. Siz hech qanday murakkab grafik dasturlarsiz, faqatgina Canva orqali:

• Ijtimoiy tarmoqlar uchun post va bannerlar;

• vizitkalar, afishalar, taqdimotlar;

• reklama materiallari va shaxsiy brend dizaynlarini yaratishni o‘rganasiz.


Kursni tugatib qancha daromad topish mumkin?


Canva dizaynerlar hozirda freelance bozorida eng ko‘p talab qilinadigan mutaxassislardan biri hisoblanadi. Siz kursni muvaffaqiyatli tugatib:

• har bir dizayn uchun $5–$50 (yoki undan ko‘p) xizmat haqi olishingiz;

• oyiga kamida 3–10 ta mijoz bilan ishlashingiz;

• natijada oyiga 200$–500$ yoki undan ko‘p daromad topishingiz mumkin.

Kurs tarkibi

Boshlang‘ich dizayn kursi

25 daqiqada dizayn qilishni o‘rganasiz (kurs sotib olmang)

10 daqiqada hatto telefonda dizayn qilishni o‘rganasiz

Qiynalib prezentatsiya qilishdan to‘xtang, bro. O‘rniga buni qiling

Kurs muallifi
Bepul, sifatli Boshlang‘ich dizayn kursi - Ustoz ai. Ustoz Muhammad Azizxon Tursunov

Muhammad Azizxon Tursunov