
Yanada ko'proq video kurslar chiqishi uchun Ustoz AI loyihasini qo'llab quvvatlang
Qo'llab quvvatlash
Muhammad Azizxon Tursunov
👨🏫 Boshlang‘ich dizayn (Canva) bo‘yicha ustoz Muhammad Azizxon Tursunov:— Dizayn bo‘yicha 3 yillik tajribaga ega;— 10 dan ortiq loyihalar bilan ishlagan;— jumladan: “Registan LC”, “Ustoz AI”, “Joyla App”, “Zaman Building” va shaxsiy brendlar bilan ishlagan;— 300+ dizaynlar tayyorlagan🎨 Boshlang‘ich dizayn (Canva) kursi – bu nima?Bu kurs – dizayn olamiga ilk qadam qo‘yuvchilar uchun mo‘ljallangan amaliy yo‘nalishdagi o‘quv dasturidir. Siz hech qanday murakkab grafik dasturlarsiz, faqatgina Canva orqali:• Ijtimoiy tarmoqlar uchun post va bannerlar;• vizitkalar, afishalar, taqdimotlar;• reklama materiallari va shaxsiy brend dizaynlarini yaratishni o‘rganasiz.Kursni tugatib qancha daromad topish mumkin?Canva dizaynerlar hozirda freelance bozorida eng ko‘p talab qilinadigan mutaxassislardan biri hisoblanadi. Siz kursni muvaffaqiyatli tugatib:• har bir dizayn uchun $5–$50 (yoki undan ko‘p) xizmat haqi olishingiz;• oyiga kamida 3–10 ta mijoz bilan ishlashingiz;• natijada oyiga 200$–500$ yoki undan ko‘p daromad topishingiz mumkin.

Muhammad Azizxon Tursunov